Qrimdagi dron hujumi oqibatida qurbonlar soni ma’lum bo‘ldi

Qrim yarimorolidagi Jankoy shahrida sodir bo'lgan dronlar hujumi oqibatida 5 nafar kishi halok bo'ldi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov rasmiy bayonot berib, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarga yordam ko'rsatilishini ta'kidladi. Shu fonda Sevastopol shahrida ham havo hujumi xavfi e'lon qilinib, Verxnesadovoye qishlog'i va shaharning shimoliy qismida 4 ta dron yo'q qilindi.
Qrim yarimorolidagi Jankoy shahrida dronlar hujumi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 5 nafar kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov rasmiy bayonot bergan. U qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, Sevastopol shahrida ham havo hujumi xavfi tufayli maxsus choralar ko‘rilgan.
Shahar gubernatori Mixail Razvojayevning aytishicha, Verxnesadovoye qishlog‘i va shaharning shimoliy qismida 4 ta dron yo‘q qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sevastopolda fuqarolik obyektlariga zarar yetmagan.
Keyinroq shaharda havo xavfi rejimi bekor qilingani xabar qilindi.































Izohlar 0
…