date

Zelenskiy Putin bilan uchrashuvni Moskvada emas boshqa davlatda o‘tkazishni ma’lum qildi

Zelenskiy Putin bilan uchrashuvni Moskvada emas boshqa davlatda o‘tkazishni ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, ammo bunday uchrashuv Moskvada bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Sergey Leshenko aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskvani “agressor davlat poytaxti” deb hisoblaydi va shu sababli bu formatni qabul qilmaydi. Shu bilan birga, Zelenskiy boshqa hududda uchrashuv o‘tkazish ehtimolini rad etmagan.

Avvalroq Kreml vakillari Putin Moskvada muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, agar Ukraina xohlasa, Moskva muzokaralar uchun sharoit yaratishga tayyor.

Shu kunlarda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning Moskvaga tashrifi ortidan turli taxminlar ham tarqalgan. Biroq Kreml Ukraina rahbariyatidan qandaydir “maxsus xabar” olingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Putin bilan uchrashuvni Moskvada emas boshqa davlatda o‘tkazishni ma’lum qildi