7 019
Ruslarning uchdan ikki qismi mehnat migrantlari oqimini cheklash tarafdori bo‘lib chiqdi
Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi (67 foiz) RF hukumati mamlakatga kelayotgan mehnat migrantlari oqimini to‘xtatishga harakat qilishi kerak, degan fikrda deb ma’lum qildi Kun nashri. Ruslarning har beshinchisi esa bunga qarshi (19 foiz). Bunday xulosaga “Levada-Sentr” ijtimoiy tadqiqotchilari kelishgan. Ular Rossiyaning 48 mintaqasida joylashgan 137 aholi punktida 17-20 fevral kunlari 1600 nafar inson o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov yakunlarini tahlil qilishdi.
O‘z pozisiyasini bildirish bilan bog‘liq muammoga 13 foiz ishtirokchilar duch kelgan.
Rossiyaliklar ko‘p hollarda Shimoliy Kavkaz (41 foiz ularni salbiy qabul qiladi, 41 foiz – neytral, 9 foiz - yaxshi) va O‘rta Osiyodan (38 foiz – yomon, 48 foiz – neytral, 10 foiz - yaxshi) bo‘lgan mehnat migrantlariga murosasizlik haqida gapirishgan.
2007 va 2017 yillar oralig‘idagi davrda Ukrainadan bo‘lgan mehnat mignatlariga sovuq munosabat darajasi oshgan hamda, aksincha, Kavkazorti davlatlaridan bo‘lgan migrantlarga munosabat bir qadar yaxshilangan.
Shu tariqa, Ukrainadan kelganlarga rossiyaliklarning ayni damda 25 foizi achinadi, 52 foizi ularga murosa bilan munosabatda bo‘ladi, 19 foizi esa – yomon munosabatda. Armaniston, Gruziya, Ozarboyjondan bo‘lgan mehnat migrantlariga rossiyaliklarning 10 foizi yaxshi munosabatda, 51 foizi – neytral, 34 foizi esa – yomon munosabatda.
Rossiyaliklarning tasavvuriga ko‘ra, mehnat migrantlari odatda, “ta’lim olmagan shaxslar bo‘lib, ular faqatgina malakasiz mehnat bilan shug‘ullanishi mumkin” (32 foiz), “ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishgan baxtsiz kishilar” (28 foiz), shuningdek “aholining ijtimoiy yomon qatlamlaridan chiqqan shaxslar” (15 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?