Qozog‘istonda yoqilg‘i quyush shahobchasida mashina ichidagi odamlar bilan birga yonib ketdi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobil yonib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.
Yong‘in taxminan 8 daqiqa ichida o‘chirilgan va olovning atrofga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Yong‘in bartaraf etilgach, avtomobil salonidan 3 nafar kishining jasadi topilgan. Yana bir kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda va tergov ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…