63 yoshli ayol ilk bor farzandli bo‘ldi

Ozarbayjonda 63 yoshli ayol 38 yil kutgach, ilk bor farzandli bo'lishga erishdi. Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori Natig Maxarramovning bildirishicha, ona uzoq yillik davolanish kurslari va zamonaviy tibbiyot yordamida sog'lom chaqaloqni dunyoga keltirgan. Shifokor mazkur holatni tibbiyotdagi muhim yutuq deb atab, ona va chaqaloqning salomatligi yaxshi ekanini ta'kidladi.
Ozarbayjonda 63 yoshli ayol 38 yillik farzand kutish orzusidan so‘ng ilk bor ona bo‘ldi. Bu haqda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Natig Maxarramov ma’lum qildi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayol uzoq yillar davomida davolanish kurslarini o‘tagan va zamonaviy tibbiyot yordami bilan nihoyat sog‘lom farzandni dunyoga keltirishga muvaffaq bo‘lgan.
Natig Maxarramov ushbu holatni tibbiyotdagi muhim yutuqlardan biri sifatida baholab, ona va chaqaloqning salomatligi yaxshi ekanini qayd etdi. U yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga sog‘lom va baxtli hayot tiladi.
Mazkur voqea Ozarbayjonda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu hodisani haqiqiy mo‘jiza sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…