Firibgarlar amerikaliklarga bir yilda 68 milliard dollar zarar yetkazdi

AQSHda firibgarlik holatlari rekord darajaga yetdi. Gallup tadqiqot kompaniyasi va Stop Scams Alliance tashkiloti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, amerikaliklar 2025 yil davomida firibgarlar sabab 68 milliard dollar yo‘qotgan. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik moliyaviy zarar sifatida qayd etildi.
Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi.
Hisobotda qayd etilishicha, bir yil ichida 15 millionga yaqin amerikalik, ya’ni mamlakat aholisining qariyb 6 foizi turli firibgarlik sxemalari qurboniga aylangan.
Mutaxassislar jabrlanganlarning 12 foizi sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilgan firibgarliklar qurboni bo‘lganini ta’kidlamoqda. Jumladan, dipfeyk ovoz va videolar, shuningdek, qarindosh yoki bank xodimi nomidan qilingan soxta qo‘ng‘iroqlar eng ko‘p qo‘llangan usullar qatoriga kirgan.
Tadqiqotchilar sun’iy intellekt imkoniyatlari jinoyatchilarga odamlarning ishonchini osonroq qozonish imkonini berayotganini bildirib, hukumatni bunday tahdidlarga qarshi nazorat choralarini kuchaytirishga chaqirdi.






























Izohlar 0
…