Shifokorlarni hayratga solgan holat: Rossiyada 7 qavatdan qulab tushgan homilador ayol tirik qoldi

Shifokorlarni hayratga solgan holat: Rossiyada 7 qavatdan qulab tushgan homilador ayol tirik qoldi
Qisqacha

Vladivostokda 30 haftalik homilador bo'lgan 28 yoshli ayol yettinchi qavatdan tushib ketishiga qaramay tirik qoldi. Kechasi uxlay olmay derazalarni yuvishga kirishgan ayol tokchadan pastga chalqanchasiga qulab tushgan. Qo'shnilarning chaqirigiga ko'ra yetib kelgan shifokorlar unda suyak sinishlari yo'qligini aniqlab, hayratda qolishgan. Hozirda shifokorlar nazoratida tiklanayotgan ayolning homiladorligi davom etmoqda.

Vladivostokda 30 haftalik homilador ayol yettinchi qavatdan tushib ketdi. Shunga qaramay, u tirik qolgan va unda suyak sinishi aniqlanmagan.

28 yoshli ayol kechasi uxlay olmagan. Shu paytda u derezalarni yuvishga kirishgan. Dereza tokchasida turgan vaqtda romning chekkasiga yetishga uringan va kutilmaganda pastga qulab tushgan.

U chalqanchasiga yerga tushgan. Qo‘shnilar qichqiriqni eshitib, darhol tez tibbiy yordam chaqirgan.

Yetib kelgan shifokorlar ayolning holatini ko‘rib hayratda qolgan. Chunki u yettinchi qavatdan yiqilganiga qaramay, o‘zi harakatlana olgan.

Kasalxonada o‘tkazilgan tekshiruvlarda unda ko‘plab ko‘karish va lat yeyishlar borligi ma’lum bo‘lgan. Biroq sinishlar qayd etilmagan.

Eng muhimi, homiladorlik davom etmoqda. Hozir ayol shifokorlar nazoratida tiklanyapti va mustaqil harakatlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar