Istanbulda yetti qavatli bino qulab tushdi, besh kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Maltepe tumanida yetti qavatli turar joy binosining quyi uch qavati qulab tushdi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 10 kishi vayronalar ostidan tirik qutqarildi.
Voqea 8 oktyabr kuni ertalab Jevizli mahallasidagi Dog‘u ko‘chasida sodir bo‘lgan. Binoning pastki qavatlari noma’lum sababga ko‘ra qulab tushgan. Shundan so‘ng hodisa joyiga qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va tibbiyot xodimlari yetib kelgan.
Qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostidan 10 kishi tirik olib chiqilgan. Dastlab ikki kishining jasadi topilgan bo‘lsa, keyinchalik yana uch kishining jasadi aniqlangan. Halok bo‘lganlar orasida besh yoshli qiz ham bor.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) muvofiqlashtirgan qutqaruv-qidiruv ishlari yakunlangan. 10 oktyabr kuni vayronalarni olib tashlash ishlari ham tugallangani xabar qilindi.
Hodisa yuzasidan tergov boshlangan. Dastlabki xabarlarda binoning qulash sababi noma’lum ekani aytilgan.






























Izohlar 0
…