Boshqa avtobusdagilar bilan raqsga tushib ketgan yigit tarmoqlarda mashhur bo‘ldi (video)

Sayohat vaqtida yigit adashib, boshqa avtobus yo‘lovchilari tashkil qilgan halay raqsiga qo‘shilib ketgani ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, mashhur bo'ldi. Avtobusda ketayotgan qahramon dastlab bu odamlar o‘z guruhidan emasligini payqamagan va raqsga tushishda davom etgan. Bu paytda uning avtobusi joyidan qo‘zg‘almagan bo'lib, haydovchi va yo‘lovchilar yigit raqsni tugatishini xotirjam kutib turishgan.
Sayohat vaqtida yuz bergan kulgili holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Avtobusda ketayotgan yigit adashib, boshqa avtobus yo‘lovchilari tashkil qilgan halay raqsiga qo‘shilib ketgan.
U dastlab bu odamlar o‘z guruhidan emasligini payqamagan. Shu sabab boshqalar bilan birga raqsga tushishda davom etgan.
Bu paytda uning avtobusi joyidan qo‘zg‘almagan. Haydovchi va yo‘lovchilar yigit raqsni tugatishini xotirjam kutib turishgan.
Video tarmoqlarda tarqalgach, ko‘pchilik bu vaziyatni hazil bilan qabul qildi. Ayrim foydalanuvchilar yigitning kayfiyati va vaziyatni sezmay raqsga berilib ketganini kulgili holat sifatida baholamoqda.































Izohlar 0
…