Tokioda noodatiy tungi tadbir: yoshlar raqsga tushish o‘rniga kitob mutolaa qildi

Yaponiyaning Tokio shahrida tungi klub formatini kitob mutolaasi bilan uyg‘unlashtirgan noodatiy tadbir bo‘lib o‘tdi. "Jucy Book Rave" deb nomlangan kechada yoshlar DJ musiqasi ostida raqsga tushish o‘rniga kitob o‘qishga vaqt ajratdi.
Tadbirning asosiy g‘oyasi mutolaani odatiy kutubxona yoki uy sharoitidan chiqarib, yoshlar uchun qiziqarli va noodatiy muhitga olib kirishdan iborat bo‘lgan. Tashkilotchilar musiqa, tungi klub atmosferasi va kitob o‘qishni birlashtirish orqali yoshlar orasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirishni maqsad qilgan.
Ishtirokchilar tadbirga o‘zlari yoqtirgan kitoblarni olib kelishlari yoki boshqa qatnashchilar bilan kitob almashishlari mumkin bo‘lgan. Shu tariqa kecha nafaqat mutolaa, balki kitoblar va fikrlar almashinuvi uchun ham imkoniyat yaratgan.
Tadbir davomida musiqa ovozi balandroq qo‘yilib, raqsga tushishni istaganlar uchun ham imkoniyat yaratilgan. Shu sababli ishtirokchilar kechani kitob o‘qishdan boshlab, keyinchalik musiqa ostida hordiq chiqarishlari mumkin bo‘lgan.































Izohlar 0
…