Erling Holandning yangi uy hayvoni tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi

Norvegiyalik hujumchi Erling Holand AQSH safaridan qaytgach, uyiga qo‘lida ichimlik ushlab turgan tulum qilingan yenot olib kelganini ko‘rsatdi. U o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bu suvenirni hazil aralash "yangi uy hayvonim" deb tanishtirdi. Mazkur post qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e'tiborini tortib, ularning qizg'in muhokamasiga sabab bo'ldi.
Erling Holand AQSH safari ortidan muxlislarini yana bir noodatiy chiqish bilan hayron qoldirdi. Norvegiyalik hujumchi uyiga tulum qilingan yenot olib kelganini ko‘rsatdi.
Suvenir oddiy emas: yenot qo‘lida ichimlik ushlab turgan holatda tayyorlangan. Holand uni ijtimoiy tarmoqda hazil aralash "yangi uy hayvonim" deb tanishtirdi.
Bu post qisqa vaqtda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Foydalanuvchilar izohlarda futbolchining bunday g‘alati buyum tanlaganini muhokama qilishdi.
Holandning bu kabi hazillari muxlislar uchun yangilik emas. U maydon tashqarisida ham o‘zini erkin tutishi va kutilmagan postlari bilan tez-tez e’tiborga tushib turadi.































Izohlar 0
…