Holandning "sevimli sabzisi" Norvegiyada xitga aylandi: hatto yangi nom ham oldi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandning oddiy bir odati Norvegiyada kutilmagan natijaga olib keldi. Futbolchining sabziga bo‘lgan muhabbati tufayli mamlakatda bu sabzavotga talab sezilarli darajada oshgan.
Holand sabzini deyarli har kuni yeydi
Ma’lum bo‘lishicha, norvegiyalik futbol yulduzi mashg‘ulotlardan oldin deyarli har kuni sabzi iste’mol qiladi.
Holandning bu odati haqida bilgan bolalar ham sabzi yeyishga qiziqib qolgan.
Sabziga yangi nom qo‘yildi
Holandning ta’siri shu qadar kuchayganki, norvegiyalik o‘smirlar sabziga hazilomuz tarzda «Holand konfeti» deb nom qo‘yishgan.
Do‘konlarda ham sabziga talab oshgani qayd etilmoqda.
Futbolchining ta’siri yana bir bor namoyon bo‘ldi
Odatda sport yulduzlari kiyimi, soch turmagi yoki mashg‘ulotlari bilan muxlislarga ta’sir qiladi. Holand esa bu safar sabzini ommalashtirdi.
Kim biladi, balki Norvegiyada bolalarning sabziga bo‘lgan muhabbati endi Holand tufayli yanada kuchayar.































Izohlar 0
…