Isroil mahbuslar qochmasligi uchun qamoqxonani timsohlar bilan o‘ramoqchi

1 daqiqa o'qish668
Isroil mahbuslar qochmasligi uchun qamoqxonani timsohlar bilan o‘ramoqchi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Isroilda falastinlik mahbuslar qochishining oldini olish uchun qamoqxona atrofini Nil timsohlari bilan o‘rash rejasi jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.
  • Ushbu tashabbus Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, Atrof-muhit vaziri Idit Silman Nil timsohlarini himoya qilinadigan turlar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi farmonni imzoladi.

Isroilda falastinlik mahbuslar saqlanadigan yangi qamoqxona atrofini Nil timsohlari bilan o‘rash rejasi katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Buning uchun mamlakat hukumati mazkur hayvonlarning huquqiy maqomini o‘zgartirib, ulardan xavfsizlik maqsadlarida foydalanish imkonini beruvchi qaror qabul qildi.

Ma’lum qilinishicha, Atrof-muhit vaziri Idit Silman Nil timsohlarini himoya qilinadigan turlar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi farmonni imzolagan. Endi davlat ushbu sudralib yuruvchilarni maxsus muhofaza tizimlarida qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.

Bu tashabbus Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir tomonidan ilgari surilgan g‘oya asosida amalga oshirilmoqda. U bir necha oy avval falastinlik mahbuslar uchun quriladigan qamoqxona atrofida timsohlar saqlanadigan himoya hududi tashkil etishni taklif qilgan edi. Ben Gvir bu g‘oya AQSHdagi “Alligator Alkatras” nomi bilan tanilgan muhojirlar markazidan ilhomlanganini aytgan.

Vazir hatto ijtimoiy tarmoqda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan, qo‘lida timsoh yetaklab turgan suratini e’lon qilib, qochishga uringanlar uchun keskin ogohlantiruvchi izoh ham qoldirdi.

Biroq mazkur reja ekologlar va huquqshunoslar tomonidan qattiq tanqid qilinmoqda. Mutaxassislar timsohlardan tirik qo‘riqchi sifatida foydalanish ham hayvonlar huquqiga, ham xavfsizlik talablariga zid ekanini ta’kidlamoqda.

Isroil Tabiat va bog‘lar boshqarmasi Nil timsohlari faqat ilmiy tadqiqot va tabiatni muhofaza qilish maqsadida saqlanishi kerakligini bildirdi. Ekologik tashkilotlar esa qamoqxonalarda zamonaviy xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish lozimligini, hayvonlarni esa bunday vazifaga jalb etish mumkin emasligini aytmoqda.

Mutaxassislar yana bir muhim jihatga e’tibor qaratdi. Ularga ko‘ra, qish faslida timsohlarning faolligi keskin pasayadi, shu bois ular doimiy qo‘riqchilik vazifasini bajara olmaydi.

Ayni paytda ushbu reja Isroil jamoatchiligi va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib, uni amalga oshirish yuzasidan muhokamalar davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?