Turkiyaning eng go‘zal erkagi aniqlandi: finalda kutilmagan nom g‘olib bo‘ldi

Istanbul shahrida “Mister Turkiya 2026” modellashtirish tanlovining katta finali bo'lib o'tdi va unda mamlakatning turli hududlaridan kelgan 30 nafar finalchi bosh sovrin uchun kurashdi. Ishtirokchilar tashqi ko'rinishi, sahnadagi o'zini tutishi, uslubi hamda vakillik mahorati bo'yicha baholandi. Qizg'in kechgan raqobat yakuniga ko'ra, Do'g'ukan Navdar “Mister Turkiya 2026” unvonini qo'lga kiritib, birinchilik tojini kiydi.
Turkiyaning eng nufuzli erkaklar modellashtirish va vakillik tanlovlaridan biri — “Mister Turkiya 2026”ning katta finali Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning turli hududlaridan saralab olingan 30 nafar finalchi bosh sovrin uchun sahnaga chiqdi.
Ishtirokchilar tashqi ko‘rinish, sahnadagi o‘zini tutishi, uslub va vakillik mahorati bo‘yicha baholandi. Tomoshabinlar va hakamlar e’tiborini qozonish uchun kecha davomida kuchli raqobat kuzatildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Do‘g‘ukan Navdar “Mister Turkiya 2026” unvoniga sazovor bo‘lib, birinchilik tojini kiydi. Uning g‘alabasi final kechasining eng muhim va hayajonli voqeasiga aylandi.
Endilikda Do‘g‘ukan Navdar Turkiyani xalqaro modellashtirish tanlovlarida namoyish etishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…