Xitoyga "Xunsya" bo‘roni yopirildi: 340 ming aholi evakuatsiya qilindi

Xitoyga "Xunsya" bo‘roni yopirildi: 340 ming aholi evakuatsiya qilindi

Xitoyning janubi-sharqidagi Guandun provinsiyasiga kuchli "Xunsya" to‘foni yopirilib, hududda keng ko‘lamli xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Tabiiy ofat xavfi sababli 340 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘ron markazida shamol tezligi sekundiga 42–48 metrgacha yetgan. Kuchli shamol yo‘lidagi daraxtlar, reklama konstruksiyalari va boshqa buyumlarni uchirib ketib, transport harakati hamda kundalik hayotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mahalliy hokimiyat va favqulodda vaziyatlar xizmatlari aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirib, xavfli hududlarga bormaslikni tavsiya qilmoqda. Bo‘ron oqibatlarini bartaraf etish va vaziyatni nazorat qilish ishlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar