Yangi tug‘ilgan chaqaloqning harakati internetni hayratda qoldirdi (video)

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning harakati internetni hayratda qoldirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda endigina dunyoga kelgan chaqaloq ishtirokidagi samimiy video millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Videoda yangi tug‘ilgan chaqaloq shifokor qo‘lidagi stetoskopni mahkam ushlab olib, uni qo‘yib yubormayotgani aks etgan.

Shifokor stetoskopni olishga harakat qilsa-da, chaqaloq uni qo‘lidan chiqarmaslikka urinadi. Aynan shu yoqimli holat videoni tomosha qilganlarning yuziga tabassum ulashdi.

Qisqa vaqt ichida millionlab tomosha qilingan video ostida foydalanuvchilar chaqaloqni hazil tariqasida "bo‘lajak shifokor", "kasbini tug‘ilgan kuniyoq tanlabdi" deya izohlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar