Erining xiyonatidan g‘azablangan ayol yangi BYD Chazor'ni vayron qildi

Erining xiyonatidan g‘azablangan ayol yangi BYD Chazor'ni vayron qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda sodir bo‘lgani aytilayotgan noodatiy voqea aks etgan surat va videolar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda jiddiy shikastlangan BYD Chazor elektromobili tasvirlangan.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayol turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida xabar topgach, kuchli hissiyot ta’sirida uning yangi avtomobilini poshnali oyoq kiyimi va toshlar bilan urib, jiddiy zarar yetkazgan. Natijada avtomobilning oynalari va kuzovining bir qismi shikastlangan.

Mazkur holat aks etgan kadrlar qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqalib, foydalanuvchilar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Izohlarda ayrimlar qimmatbaho avtomobilning bu ahvolga tushganiga achingan bo‘lsa, boshqalar esa ayolning his-tuyg‘ularini tushunishini bildirib, uning harakatini qo‘llab-quvvatlagan.

Hozircha ushbu voqea yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan izoh berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar