Xitoyda issiqdan qochgan odamlar metroda yotib dam olyapti

Xitoyning ba'zi hududlarida havo harorati rekord darajaga yetgani sababli aholi jaziramadan qutulish uchun turli choralarni ko'rmoqda. Xususan, konditsioner bilan jihozlangan metro vagonlari va bekatlari odamlar uchun vaqtinchalik salqin panoh joyiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda fuqarolar metroda yotib dam olayotgani, oilasi bilan birga o'tirib karta o'ynayotgani hamda suhbat qurib vaqt o'tkazayotgani aks etgan.
Xitoyning ayrim hududlarida havo harorati rekord darajaga yetib, aholi jaziramadan qutulish uchun turli yo‘llarni izlamoqda. Ayniqsa, konditsioner bilan jihozlangan metro bekatlari va vagonlari odamlar uchun vaqtinchalik salqin maskanga aylangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ayrim fuqarolar metro bekatlarida yotib dam olayotgani, boshqalari esa oilasi bilan birga o‘tirib karta o‘ynab yoki suhbat qurib vaqt o‘tkazayotgani aks etgan. Ko‘chadagi jazirama sabab ko‘pchilik imkon qadar salqin joylarda qolishga harakat qilmoqda.
Konditsionerlar ishlayotgan metro bekatlari nafaqat transport vositasi, balki issiqdan panoh topish mumkin bo‘lgan maskanga aylangani internet foydalanuvchilari orasida ham keng muhokama qilinmoqda.






























Izohlar 0
…