53 yildan beri qo‘lini tushirmayotgan inson dunyoni hayratga soldi

1 daqiqa o'qish31.6K
53 yildan beri qo‘lini tushirmayotgan inson dunyoni hayratga soldi

Hindistonlik sadhu Amar Bharati dunyodagi eng g‘ayrioddiy odamlardan biri sifatida tanilgan. U 1973 yildan buyon o‘ng qo‘lini bir marta ham tushirmagan. Bu harakat uning Xudo Shivaga bergan nazri va tinchlik uchun qilgan ibodatining ramzi hisoblanadi.

Amar Bharati avval oddiy bank xodimi bo‘lgan. Uning oilasi, uyi, avtomobili va uch nafar o‘g‘li bor edi. Biroq bir kuni u butun hayotini tark etib, o‘zini diniy hayotga bag‘ishlashga qaror qildi. Oradan uch yil o‘tib, u dunyodagi zo‘ravonlik va urushlarga qarshi ramz sifatida qo‘lini ko‘tarib, uni endi hech qachon tushirmaslikka qasam ichdi.

Dastlabki yillarda qattiq og‘riqlarga chidagan Amarning qo‘li vaqt o‘tishi bilan butunlay harakatsiz bo‘lib qoldi. Bugungi kunda u qo‘lini hatto xohlasa ham tushira olmaydi — mushaklar atrofiyaga uchragan, barmoq tirnoqlari esa uzun va buralib o‘sgan.

Shunga qaramay, Amar Bharati o‘zini baxtli inson deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurbonlik unga ruhiy xotirjamlik va ichki uyg‘unlik baxsh etgan. Uning g‘ayrioddiy irodasi Hindistondagi boshqa sadhularga ham ilhom bergan. Ayrimlari qo‘llarini 7, 13, hatto 25 yil davomida ko‘tarib yurishgan. Ammo 53 yil davomida qo‘lini tushirmaslik rekordini hozirgacha hech kim takrorlay olmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?