Britaniyalik sayyoh 28 yildan beri dunyoni piyoda kezmoqda

Britaniyalik sayyoh 28 yildan beri dunyoni piyoda kezmoqda

Britaniyalik sayyoh Karl Bushbi qariyb o‘n uch yillik safar davomida dunyoni piyoda aylanib, o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadiga yaqinlashdi. U 1998 yilda Chilining Punta-Arenas shahridan boshlagan «Goliath» ekspeditsiyasi doirasida 28 yildan buyon yo‘l bosmoqda.

Dastlab safarni taxminan 12 yilda yakunlash rejalashtirilgan edi. Biroq viza bilan bog‘liq muammolar, moliyaviy qiyinchiliklar, pandemiya va geosiyosiy vaziyat sabab safar bir necha bor to‘xtab qoldi.

Bushbi yo‘l davomida Janubiy Amerikadan Shimoliy Amerikaga, keyin Osiyo va Yevropa orqali Buyuk Britaniyaga qarab harakatlandi. U Alyaska va Rossiya o‘rtasidagi Bering bo‘g‘ozidan o‘tdi, shuningdek, Kaspiy dengizini suzib kesib o‘tdi.

2026 yil 5 oktyabr kuni sayyoh La-Mansh bo‘g‘ozini suzib o‘tib, Buyuk Britaniya sohiliga yetib keldi. Biroq uning safardagi asosiy maqsadi — tug‘ilib o‘sgan Xall shahriga yetib borish uchun yana taxminan 400 kilometr yo‘l bosishi kerak.

Qizig‘i, Karl Bushbi safarini boshlagan 1998 yilda birinchi iPhone hali taqdim etilmagan edi. Qariyb 30 yil davom etgan ushbu sayohat haqida hujjatli film ham tayyorlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar