40 yil sirkda ishlagan fil nihoyat “nafaqaga” chiqarildi

1 daqiqa o'qish5.5K
40 yil sirkda ishlagan fil nihoyat “nafaqaga” chiqarildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Portugaliyada sirk arenalarida qariyb 40 yil davomida tomosha ko'rsatib kelgan Juli laqabli fil rasman nafaqaga chiqarilib, Alenteju hududidagi "Pangea" qo'riqxonasiga ko'chirildi.
  • 1980-yillar oxirida Afrikada tutib kelingan va 1988 yildan boshlab sirkda ishlagan bu hayvon Portugaliya hukumatining sirklarda yovvoyi hayvonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonuni sababli doimiy boshpanaga ega bo'ldi.

Portugaliyada qariyb 40 yil davomida sirk arenalarida tomosha ko‘rsatib kelgan Juli laqabli fil rasman “nafaqaga chiqarildi”. Endi u hayotining qolgan qismini Alenteju hududida joylashgan “Pangea” qo‘riqxonasida o‘tkazadi. Ushbu maskan Yevropada mehnatga jalb qilingan hayvonlar uchun maxsus tashkil etilgan ilk qo‘riqxona sifatida e’tirof etiladi.

Ma’lum qilinishicha, Juli 1980-yillar oxirida Afrikada hali kichik paytida tutib kelingan va Portugaliyaga olib ketilgan. 1988 yildan boshlab u sirk tomoshalarida ishtirok etib kelgan. Hozir esa fil nazorat ostidagi erkin muhitda yashashni boshladi va yangi boshpanasida ilk bor tabiiy loyli vanna qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi.

2018 yilda Portugaliya hukumati 2024 yildan boshlab sirklarda yovvoyi hayvonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi. Shu sababli Juli uchun doimiy boshpana topish ishlari boshlangan. Qo‘riqxona ma’muriyati va fil egasi o‘rtasidagi kelishuv, tayyorgarlik hamda tashish jarayoni qariyb bir yarim yil davom etgan.

Bino ichida erkak kishi fillarning yonida turibdi.

Mutaxassislar Julining yangi hayoti qancha davom etishini aniq ayta olmayapti. Chunki tabiiy muhitda fillar 70 yilgacha yashashi mumkin bo‘lsa, tutqunlik sharoitida ularning umri odatda ancha qisqa bo‘ladi.

400 gektar maydonni egallagan “Pangea” qo‘riqxonasi 20–35 ta filni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bu yerda hayvonlar erkin harakatlanishi, ozuqa izlashi va tabiiy muhitga yaqin sharoitda parvarish qilinishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, yil oxiriga qadar Juli yolg‘iz qolmaydi. Uning yoniga taxminan 40 yil avval yovvoyi tabiatdan tutib kelingan yana bir urg‘ochi Afrika fili — Kariba ham keltiriladi. Hozirda Kariba Belgiyadagi hayvonot bog‘ida yakka holda saqlanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?