Misr piramidalari fonida noodatiy to‘y: kelin onasining 30 yillik libosida turmushga chiqdi

Misr piramidalari fonida noodatiy to‘y: kelin onasining 30 yillik libosida turmushga chiqdi

Misrda kuzning eng esda qolarli va o‘ziga xos to‘y marosimlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Qohira yaqinidagi Saqqara hududida, qadimiy Joser zinapoyali piramidasi fonida tashkil etilgan tantana kelinning onasidan qolgan to‘y libosini tanlagani bilan ko‘pchilik e’tiborini tortdi.

Regina Xolid ismli kelin hayotidagi eng muhim kunlardan birida onasining 30 yildan ortiq tarixga ega kelinlik ko‘ylagini kiyishga qaror qildi. Oilaviy qadriyat va xotiralarni o‘zida mujassam etgan libosni zamonaviy uslubda qayta yaratish Misrning Salma Osman brendiga ishonib topshirildi.

Kunduzgi marosim uchun fil suyagi tusidagi ipak taftadan nafis va betakror libos tayyorlandi. Dizaynerlar ko‘ylakning asl ruhini saqlab qolgan holda unga yangicha ko‘rinish berishga intildi.

Libosning eng diqqatga sazovor detallaridan biri esa kelinning guldastasi uchun ishlangan yirik gul bo‘ldi. Uni yaratishda kelinning onasi uchun libos tikilgan vaqtda qo‘llangan an’anaviy gul yasash texnikasidan foydalanildi. Shu tariqa, onaning to‘y libosidagi tarixiy detal yangi avlodning to‘y obrazida ham o‘z aksini topdi.

Kechki marosim uchun esa libosning ko‘rinishi o‘zgartirildi: korseti yechilib, yanada yengil va zamonaviy, ikki qismdan iborat obraz yaratildi.

Qadimiy piramidalar manzarasi, oilaviy merosga aylangan libos va uning zamonaviy talqini ushbu to‘yni nafaqat hashamatli, balki o‘ziga xos ma’no va xotiralarga boy marosimga aylantirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar