Ko‘k bo‘yoqqa bo‘yalgan tipratikan bir haftalik kurashdan so‘ng nobud bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2.1K
Ko‘k bo‘yoqqa bo‘yalgan tipratikan bir haftalik kurashdan so‘ng nobud bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Buyuk Britaniyaning Lids shahri yaqinidagi Yidon hududida tanasi to‘liq ko‘k va sariq bo‘yoq bilan qoplangan holda topilgan Honey laqabli tipratikan bir haftalik kurashdan so‘ng nobud bo‘ldi.
  • Qutqaruv markazi rahbari Dayan Kukning aytishicha, suvda eruvchan bo‘lmagan qalin bo‘yoq qatlami jonivorning tikanlarini bir-biriga yopishtirib qo‘ygan va unda og‘ir nafas olish muammolarini keltirib chiqargan.

Buyuk Britaniyada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat yana bir bor jamoatchilikni larzaga soldi. Tanasi deyarli to‘liq ko‘k va sariq bo‘yoq bilan qoplangan holda topilgan tipratikan og‘ir ahvolda qutqaruv markaziga olib kelingan bo‘lsa-da, bir necha kundan keyin nobud bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Angliyaning Lids shahri yaqinidagi Yidon hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy ayol o‘z hovlisida g‘alati ko‘rinishdagi tipratikanni ko‘rib qolib, darhol uni qutqarish xizmatiga murojaat qilgan. Jonivorga Honey deb nom berilgan va mutaxassislar uni davolashga kirishgan.

Yerdagi ko‘k va yashil rangga bo‘yalgan ignali tipratikan.

Qutqaruv markazi rahbari Dayan Kukning aytishicha, tipratikanning tanasi yuzi, qorni va oyoqlaridan tashqari deyarli to‘liq qalin bo‘yoq bilan qoplangan bo‘lgan. Bo‘yoq suvda eruvchan emasligi sababli uni har bir tikanidan alohida tozalashga to‘g‘ri kelgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bo‘yoq shu qadar qalin qatlam hosil qilganki, tipratikanning tikanlari bir-biriga yopishib qolgan. Bu esa uning erkin harakatlanishi va himoyalanish uchun dumaloq shaklga kirish imkoniyatini cheklab qo‘ygan.

Bundan tashqari, hayvonda og‘ir nafas olish muammolari ham kuzatilgan. Veterinarlar bu holat bo‘yoqning zaharli bug‘lari yoki uni tozalashga uringanda organizmga tushgan kimyoviy moddalar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar tipratikanni mashhur Sonic qahramoniga o‘xshatish yoki mahalliy futbol klubi ranglariga moslash maqsadida bo‘yab qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Oradan bir hafta o‘tib, qutqaruv xizmati Honey hayot uchun kurashga dosh berolmay halok bo‘lganini ma’lum qildi.

«Bu xabardan qattiq iztirobga tushdim. Ayrim insonlar tirik jonzotlarga bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lishiga hech tushuna olmayman», — dedi qutqaruv markazi rahbari Dayan Kuk.

Hodisa yuzasidan politsiya himoya ostidagi hayvonga qasddan azob yetkazish gumoni bilan ikki nafar erkak va ikki nafar o‘smirni qo‘lga olgan. Hozirda voqea bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?