Shakira ovozini aynan takrorlaydigan gvatemalalik yigit internet yulduziga aylandi (video)

1 daqiqa o'qish258
Shakira ovozini aynan takrorlaydigan gvatemalalik yigit internet yulduziga aylandi (video)

Gvatemalalik Xuan Karlos Dominges ijtimoiy tarmoqlarda Juank Multivoces nomi bilan tanilgan. U Shakiraning ovozini nihoyatda aniq taqlid qilishi bilan internet foydalanuvchilarining e’tiborini qozonib, qisqa vaqt ichida mashhur bo‘lib ketgan.

Xuan Karlosning TikTok'dagi videolaridan biri millionlab marta tomosha qilingach, muxlislar unga hazil tariqasida «Shakiro» laqabini berishgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli ovozlarga taqlid qilishga qiziqishi bolalik davridan boshlangan. Avvaliga u teledasturlardagi qahramonlarning ovozlarini takrorlagan. Keyinchalik esa meksikalik parodistlardan ilhomlanib, o‘z qobiliyatini rivojlantirgan va bu qiziqishini professional faoliyatga aylantirgan.

Bugungi kunda Juank Multivoces Shakiraning eski va yangi qo‘shiqlarini uning ovoziga juda yaqin tarzda ijro etadi. Bundan tashqari, u boshqa taniqli xonandalar hamda turli qahramonlarning ovozlariga ham mahorat bilan taqlid qiladi.

Uning chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda millionlab tomoshalarga sabab bo‘lmoqda. Xuan Karlosning noodatiy iste’dodi esa unga tobora ko‘proq muxlislarni jalb qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?