G‘avvos nega dengiz yulduziga ukol qilmoqda?

1 daqiqa o'qish207
G‘avvos nega dengiz yulduziga ukol qilmoqda?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • G'avvoslar suv ostida "Tikanli toj" deb ataladigan zaharli yirtqich dengiz yulduziga sirka eritmasidan ukol qilmoqda.
  • Ushbu turdagi dengiz yulduzlari marjon riflari bilan oziqlangani bois, ularning soni keskin ko'payib ketganda katta zarar yetkazishi mumkin.
  • G'avvoslar ularning sonini nazoratda ushlab turish uchun aynan shunday maxsus usuldan foydalanadi.

Dengiz tubida g‘avvosning dengiz yulduziga ukol qilayotgani aks etgan videolarni ko‘rgan ko‘pchilik uni davolayapti, deb o‘ylaydi. Aslida esa vaziyat butunlay boshqacha.

Odatdagi dengiz yulduzlari dengiz ekotizimida muhim o‘rin tutadi. Ular mollyuskalar, dengiz tipratikanlari va ayrim mayda dengiz jonzotlari bilan oziqlanib, ularning sonini tabiiy muvozanatda ushlab turadi. Qizig‘i shundaki, dengiz yulduzlarida na miya va na qon bo‘ladi. Ularning tanasida dengiz suvi aylanib yuradi, harakat va boshqa hayotiy jarayonlarni esa nerv tugunlari boshqaradi.

Mutaxassislar yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadi: agar dengiz yulduziga duch kelsangiz, uni qo‘lingiz bilan ushlamaslik tavsiya etiladi. Suvdan chiqarilganda u nafas olish imkonidan mahrum bo‘lib, qisqa vaqt ichida zararlanishi mumkin.

Biroq videodagi jonivor oddiy dengiz yulduzi emas. U “Tikanli toj” (Crown-of-thorns starfish) deb ataladigan, zaharli tikanlarga ega yirtqich tur hisoblanadi. Ushbu dengiz yulduzi marjon riflari bilan oziqlanadi. Agar uning soni keskin ko‘payib ketsa, qisqa vaqt ichida katta marjon riflariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Shu sababli g‘avvoslar ularni nazorat qilish uchun maxsus usuldan foydalanadi. Ular aynan shu turdagi dengiz yulduziga sirka eritmasini ukol qiladi.

Insonlar kaftida va suv tubida turli dengiz yulduzlarini ushlab turishibdi.

Buning sababi oddiy: sirka “Tikanli toj” dengiz yulduzini tezda nobud qiladi, biroq atrofdagi marjon riflari va boshqa dengiz jonzotlariga deyarli zarar yetkazmaydi. Bundan tashqari, bu usul arzon, ekologik jihatdan nisbatan xavfsiz va amaliyotda samarali deb hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?