Shakira 7,4 balli zilziladan zarar ko‘rgan bolalar uchun millionlab dollarlik tashabbus boshladi

Shakira 7,4 balli zilziladan zarar ko‘rgan bolalar uchun millionlab dollarlik tashabbus boshladi

Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira 10 avgust kuni sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida zarar ko‘rgan Choco hududidagi ta’lim muassasalarini tiklashga yordam beradigan bo‘ldi.

Shakira xayriyachi Xovard Grem Baffet bilan hamkorlikda zilziladan zarar ko‘rgan 10 ta maktabni qayta tiklash loyihasida ishtirok etadi.

Shuningdek, Choco Texnologiya Universitetini tiklash ishlariga ham hissa qo‘shiladi.

Loyihaga dastlabki bosqichda 1,25 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

Shakira ta’limning tabiiy ofatlardan keyingi tiklanishdagi ahamiyati kattaligini alohida ta’kidladi.

Xonandaning fikricha, zilzila oqibatlari sabab bolalar o‘qish imkoniyatidan mahrum bo‘lmasligi kerak.

Endi ushbu tashabbus orqali Choco hududidagi minglab o‘quvchilar uchun maktablar qayta tiklanib, ta’lim jarayonini davom ettirish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar