Oddiy pishloq yetti yillik komaga sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.5K
Oddiy pishloq yetti yillik komaga sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Italiyada sodir bo‘lgan ayanchli voqea oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga yana bir bor jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatdi. Xom sutdan tayyorlangan pishloqni iste’mol qilganidan keyin yetti yil davomida komada yotgan bola hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, fojia 2017 yilda Italiyaning Trento provinsiyasiga qarashli Koredo shahrida sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda atigi to‘rt yoshda bo‘lgan bola Escherichia koli (ichak tayoqchasi) bakteriyasi bilan zararlangan xom sutdan tayyorlangan pishloqni iste’mol qilgan. Mahsulotni tanovul qilganidan ko‘p o‘tmay uning qornida kuchli og‘riqlar boshlangan va ahvoli qisqa vaqt ichida keskin og‘irlashgan.

Shoshilinch ravishda shifoxonaga olib borilgan bola to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida unga gemolitik-uremik sindrom tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur og‘ir xastalik inson organizmiga juda jiddiy asoratlar qoldirishi mumkin. Xususan, u miya shikastlanishi, falajlik, ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi hamda og‘ir darajadagi epilepsiyani keltirib chiqargan.

Kasallikning og‘ir asoratlari tufayli bola komaga tushgan va shundan keyin yetti yil davomida o‘ziga kelmagan. Ushbu muddat ichida uning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar tomonidan turli davolash choralari ko‘rilgan bo‘lsa-da, ahvolini tiklashning iloji bo‘lmagan. Bolaning vafoti haqida uning otasi Jovanni Battista Maestri jamoatchilikka ma’lum qilgan.

Mazkur voqea oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ayniqsa, xom sutdan tayyorlanadigan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyotkorlik qanchalik muhim ekanini yana bir bor eslatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?