Onasi o‘ldirishga uringan 12 yoshli bola sun’iy komaga tushirildi

Onasi o‘ldirishga uringan 12 yoshli bola sun’iy komaga tushirildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida onasi tomonidan og‘ir tajovuzga uchragan 12 yoshli bola sun’iy komaga tushirildi. Uning ahvoli og‘ir ekani xabar qilinmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol avval o‘g‘lining tomog‘iga kuchli sirka kislotasini quygan va yuziga ham ushbu moddani sepgan. Keyin esa bolani ko‘lga cho‘ktirishga uringan.

Oq kurtkali ayol bino ichida mikrofon oldida turibdi.

Biroq bola qirg‘oqqa chiqib olishga va yo‘lovchilardan yordam so‘rashga muvaffaq bo‘lgan. Ular tez yordam chaqirgan, shundan so‘ng u shifoxonaga olib ketilgan.

11 oktyabr kuni sud ayolni qotillikka suiqasd qilishda gumonlanib, ikki oyga hibsga olgan. Ma’lum qilinishicha, bolaning imkoniyati cheklangan. Oilada yana ikki nafar qiz ham tarbiyalanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar