Braziliyalik futbolchi Neymar o‘yindan so‘ng haqoratli so‘zlari bilan katta janjal ko‘tardi

1 daqiqa o'qish2.7K
Braziliyalik futbolchi Neymar o‘yindan so‘ng haqoratli so‘zlari bilan katta janjal ko‘tardi

"Santos"ning Braziliya kubogida "Remo" ustidan qozongan g‘alabasidan keyin Neymar ishtirokida mojaro yuz berdi. Jamoasi keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa-da, uchrashuvdan so‘ng futbolchining raqiblarga qilgan munosabati asosiy muhokama mavzusiga aylandi.

Neymar ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, Ronining g‘alaba goliga uzatma bergan edi. O‘yin yakunlangach, u kiyinish xonasiga yo‘l olar ekan, "Remo" futbolchilari va tribunadagi muxlislarga qarata keskin so‘zlar ishlatgan.

Videolarda Neymarning raqib jamoa vakillariga "musobaqadan chiqdinglar" deb baqirib, raqsga tushgani aks etgan. Bu harakatlar javob reaksiyasini keltirib chiqarib, yo‘lakdagi vaziyatni keskinlashtirgan.

Mojarodan keyin "Remo" prezidenti Antonio Karlos Teysheyra Neymarni qattiq tanqid qildi. U futbolchining bunday xatti-harakatini yosh muxlislarga namuna bo‘ladigan mashhur sportchiga munosib emas, deb baholadi va uni "daydi" deb atadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?