Otasining pasportiga qora ruchkada “ijod” qilgan bolakayning ishi barchaning diqqatini tortdi

Xitoyda tarqalgan voqeaga ko‘ra, kichik bola otasining pasportini qora ruchka bilan chizib tashlagan. Hujjat bola qo‘liga tushganidan keyin qisqa vaqt ichida turli rasmlar bilan to‘lib ketgan.
Ota pasportdagi o‘zgarishni yo‘lga chiqqanidan keyin ko‘rgani aytilmoqda. Bolaning chiziqlari shaxsiy ma’lumotlar va hujjatni avtomatik o‘qish uchun mo‘ljallangan qismni yopib qo‘ygan. Natijada pasport chegara nazoratidan o‘tish uchun yaroqsiz holga kelgan.
Xabarlarda erkak safarini davom ettira olmagani va boshidan o‘tgan holatni internetga joylagani qayd etilgan. Voqea millionlab foydalanuvchilar orasida muhokama qilindi.
Ko‘plab ota-onalar bu hodisadan so‘ng pasport va boshqa muhim hujjatlarni bolalardan uzoqroq joyga qo‘yish kerakligini yozgan.































Izohlar 0
…