13 yil ko‘zi ojiz bo‘lib yashagan ayol kutilmagan hodisadan so‘ng yana ko‘ra boshladi

1 daqiqa o'qish1.6K
13 yil ko‘zi ojiz bo‘lib yashagan ayol kutilmagan hodisadan so‘ng yana ko‘ra boshladi

Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida istiqomat qiluvchi Liza Reyd 11 yoshida miya shishi tufayli ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan edi. Shish ko‘rish nervlariga bosim o‘tkazgani sababli u qariyb 13 yil davomida ko‘zi ojiz holda hayot kechirdi.

2000 yil noyabr oyida esa kutilmagan voqea yuz berdi. Liza yo‘lboshlovchi itini erkalash uchun engashgan paytda muvozanatini yo‘qotib, boshini jurnal stoliga qattiq urib oladi. Ertasi kuni uyg‘onganida esa uning ko‘rish qobiliyati taxminan 80 foizga tiklangani ma’lum bo‘lgan.

Shifokorlar bu holatning aniq sababini izohlab bera olmagan. Mutaxassislarning taxminicha, kuchli zarba natijasida ko‘rish nerviga bosim o‘tkazayotgan shish yoki unga yaqin to‘qimalarning holati o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Aynan shu o‘zgarish nerv faoliyatining qisman tiklanishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Mazkur holat tibbiyotda juda kam uchraydigan va hanuzgacha to‘liq izoh topmagan noyob hodisalardan biri sifatida tilga olinadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?