To‘y marosimida yoshlarga tabrik so‘zi aytgan 66 yoshli erkakka jinoyat ishi ochildi

Qozog‘istonda to‘yda aytgan fikrlari sabab 66 yoshli erkakka diniy va ijtimoiy adovat qo‘zg‘atish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U to‘ylarda musiqa bo‘lmasligi, san’atkorlarni haqorat qilgani hamda erkaklar va ayollar bir dasturxon atrofida o‘tirmasligi kerakligini aytgan. Erkak politsiya tomonidan ushlanib, izolatorga joylashtirilgan. Rasmiylar uning fikrlari dunyoviy davlat tamoyillari va islom qadriyatlariga zid ekanini bildirgan.
Qozog‘istonda to‘y marosimida yoshlarga tabrik so‘zi aytgan 66 yoshli erkak keyinchalik politsiya tomonidan ushlanib, izolatorga joylashtirildi. Bunga uning to‘yda aytgan fikrlari sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, kelin tomonning qarindoshi bo‘lgan erkak to‘ylarda musiqa bo‘lmasligi kerakligini aytgan, san’atkorlarni haqorat qilgan. Shuningdek, u erkaklar va ayollar bir dasturxon atrofida o‘tirmasligi lozimligini ta’kidlagan.
Uning bu chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamaga sabab bo‘ldi. Qozog‘iston rasmiylari hamda mamlakat musulmonlari idorasi erkak aytgan fikrlar dunyoviy davlat tamoyillari va islom qadriyatlariga zid ekanini bildirgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 66 yoshli erkakka nisbatan diniy va ijtimoiy adovat qo‘zg‘atish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.































Izohlar 0
…