G‘ayrioddiy qaror: munosib erkak topolmagan 40 yoshli ayol o‘zi bilan o‘zi nikoh qurdi

1 daqiqa o'qish8.7K
G‘ayrioddiy qaror: munosib erkak topolmagan 40 yoshli ayol o‘zi bilan o‘zi nikoh qurdi

2017 yilda Italiyalik fitnes-murabbiy Laura Mesi g‘ayrioddiy qaror bilan e’tibor markaziga tushgan. 40 yoshga to‘lgan ayol o‘zi bilan o‘zi ramziy nikoh marosimini o‘tkazib, bu kunni to‘liq to‘y shaklida nishonlagan.

Tadbir uchun qariyb 10 ming yevro sarflangan. Marosimda oq kelinlik libosi, uzuk, kelin dugonalari, uch qavatli tort va 70 ga yaqin mehmon bo‘lgan. Laura bayramdan keyin Misrga yolg‘iz ravishda "asal oyi" sayohatiga ham chiqqan.

Uning bu qarorga kelishiga shaxsiy hayotidagi og‘ir ajralish sabab bo‘lgan. Laura 12 yillik munosabatlar tugaganidan keyin, agar 40 yoshigacha o‘z muhabbatini topmasa, o‘zini o‘zi "nikohlab", to‘y qilishini aytgan.

Va’da qilingan yoshga yetgach, u rejasini amalga oshirgan. Biroq bu marosimning huquqiy kuchga ega emasligi qayd etilgan. Italiya qonunchiligida ham, boshqa davlatlarda ham bunday tadbir rasmiy nikoh deb hisoblanmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?