Qutqarilgan pingvin yillar davomida 8 ming km suzib, qutqaruvchisining oldiga qaytib kelmoqda

Qutqarilgan pingvin yillar davomida 8 ming km suzib, qutqaruvchisining oldiga qaytib kelmoqda
Qisqacha

Din-Dim pingvini har yili Argentina va Chili sohillari tomon 8 ming kilometrdan ortiq suzib, uni qutqargan Juan Pereyra de Souza yashaydigan joyga qaytib keladi. Juan 2011 yilda sohilda neftga belangan, o'lim yoqasidagi pingvinni topib, uni tozalagan va parvarish qilgan. Sog'aygach, qushni Din-Dim deb nomlab dengizga qo'yib yuborgan, biroq u o'sha kuniyoq Juanning oldiga qaytgan.

2011 yilda braziliyalik baliqchi Juan Pereyra de Souza sohilda neftga belangan, o‘lim yoqasidagi pingvinni topib olgan. U qushni tozalab, parvarish qilgan, sog‘aygach esa Din-Dim deb nomlab, yana dengizga qo‘yib yuborgan.

Biroq pingvin uzoqqa ketmagan. O‘sha kuniyoq u yana Juanning oldiga qaytib kelgan.

Keyinchalik Din-Dim har yili Argentina va Chili sohillari tomon yo‘l olib, 8 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishi, so‘ng yana Juan yashaydigan joyga qaytib kelishi bilan mashhur bo‘ldi.

Yana bir qiziq jihati, Din-Dim boshqa odamlarni o‘ziga yaqinlashtirmaydi va silashlariga ham yo‘l qo‘ymaydi. U faqat o‘zini qutqargan Juanga ishonch bildirishi aytilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar