BYD haydovchisi bir nechta avtomobilni qasddan urib, shikastladi (video)

BYD haydovchisi bir nechta avtomobilni qasddan urib, shikastladi (video)
Qisqacha

4 avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida qora rangli BYD Chazor haydovchisi bir nechta avtomobilni qasddan urib, ularga moddiy zarar yetkazdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, haydovchi kelishmovchilik ortidan avval Cobalt avtomobiliga, so'ng yo'l chetida to'xtab turgan yana bir BYD Chazor avtomobiliga bir necha bor zarba bergan. Hodisa oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan, ichki ishlar organlari xodimlari esa voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni nazoratga olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qora rangli BYD Chazor avtomobili haydovchisining bir nechta transport vositasini qasddan urayotgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Holat ko‘plab foydalanuvchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hodisa 4 avgust kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, BYD Chazor haydovchisi yuzaga kelgan kelishmovchilik ortidan avval Cobalt avtomobiliga, so‘ng esa yo‘l chetida to‘xtab turgan yana bir BYD Chazor avtomobiliga qasddan bir necha bor zarba bergan.

Hodisa oqibatida transport vositalariga moddiy zarar yetgan, biroq fuqarolar tan jarohati olmagan. Voqea joyiga zudlik bilan ichki ishlar organlari xodimlari yetib kelib, vaziyatni nazorat ostiga olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning aniq sabablari va unga aloqador barcha holatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar