Shimoliy Koreyada issiqqa qarshi it sho‘rvasi tavsiya etildi

Shimoliy Koreyada issiqqa qarshi it sho‘rvasi tavsiya etildi
Qisqacha

Shimoliy Koreya rasmiylari misli ko'rilmagan jazirama sharoitida aholiga it va tovuq go'shtidan tayyorlangan sho'rvalarni iste'mol qilishni tavsiya qildi. 6 avgust kuni mamlakatda havo harorati 36,7 darajaga ko'tarilib, meteorologik kuzatuvlar boshlanganidan beri eng yuqori ko'rsatkich qayd etildi.

Shimoliy Koreyada kuzatilayotgan misli ko‘rilmagan jazirama fonida mamlakat rasmiylari aholiga g‘ayrioddiy tavsiya bilan murojaat qildi. Davlat ommaviy axborot vositalari issiq havodan himoyalanish uchun it va tovuq go‘shtidan tayyorlangan sho‘rvalarni iste’mol qilishni tavsiya etmoqda.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 6 avgust kuni mamlakatda havo harorati 36,7 darajagacha ko‘tarilgan. Bu Shimoliy Koreyada meteorologik kuzatuvlar boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori harorat sifatida baholanmoqda.

Hukmron Koreya Mehnat partiyasining Rodong Sinmun gazetasida Pxenyan bosh shifoxonasi shifokorining yozgi mavsumda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahatlari chop etildi. Tavsiyalarda tarvuz, bodring va mosh kabi organizmni sovutishga yordam beradigan mahsulotlar bilan bir qatorda, it go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva, baliq hamda qizil loviyadan pishirilgan bo‘tqalar ham organizm uchun foydali taomlar sifatida ko‘rsatilgan.

Gazetada ayniqsa it go‘shtidan tayyorlanadigan sho‘rva yoz faslidagi an’anaviy milliy taom sifatida alohida tilga olingan. Nashr mualliflari xalq orasida keng tarqalgan naqlni keltirib, bunday sho‘rva hatto to‘kilib ketgan taqdirda ham «darmon» hisoblanishini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, joriy yil boshida mamlakatda it go‘shtidan eng yaxshi taom tayyorlash bo‘yicha respublika miqyosida tanlov ham o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, davlat axborot agentligi KCNA jenshen, guruch va chilonjiyda qo‘shib tayyorlanadigan tovuq sho‘rvasini ham organizm uchun foydali yozgi taom sifatida e’tirof etgan.

Ayni vaqtda davlat televideniyesi fuqarolarga issiq havoda ko‘proq suv ichish, suzish, ochiq havoda ehtiyotkorlik bilan jismoniy mashqlar qilish va salomatlikka alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar bermoqda.

Rasmiylar mamlakatda jazirama bilan bog‘liq o‘lim holatlari haqida ma’lumot bermagan. Biroq qo‘shni Janubiy Koreyada kuchli issiq to‘lqini oqibatida 20 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan. U yerda havo harorati 42,5 darajagacha ko‘tarilib, 1904 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich sifatida tarixga kirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar