Mark-Andre ter Stegen Barselonadan Ayaksga koʻchib oʻtdi

Mark-Andre ter Stegen Barselona klubidan Ayaks jamoasiga mavsum oxirigacha ijara asosida o'tdi. 34 yoshli darvozabon jiddiy jarohatlar sabab so'nggi ikki mavsumda Barselona va Jirona safida atigi 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Iyul boshidan intensiv reabilitatsiya kursini o'tagan ter Stegen to'liq sog'ayganini va Ayaksda asosiy tarkib uchun kurashishga tayyorligini bildirdi.
Germaniya terma jamoasining tajribali darvozaboni Mark-Andre ter Stegen Kataloniyaning Barselona klubidan Niderlandiyaning Ayaks jamoasiga mavsum oxirigacha ijara asosida oʻtdi. Soʻnggi yillarda jiddiy jarohatlar sababli asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotib qoʻygan 34 yoshli posbon Amsterdamda oʻz faoliyatini qaytadan boshlash va optimal sport formasini tiklashni maqsad qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Voetbal International nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchi soʻnggi ikki mavsum davomida Barselona va Jirona safida bor-yoʻgʻi 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan xolos. Unga bel, tizza va son qismidagi surunkali jarohatlar jiddiy xalaqit bergan. Biroq iqtidorli darvozabon iyul boshidan buyon intensiv reabilitatsiya kursini oʻtib, toʻliq sogʻlomlashganini va yangi jamoasida asosiy tarkib uchun kurashishga tayyorligini bildirdi.
Amsterdamda yangi sahifa
Mark-Andre ter Stegen oʻzining jismoniy holati borasidagi shubhalarga javob berar ekan, maydonga qaytishdan baxtiyor ekanini yashirmadi. U iyul oyining boshidayoq Barselona safida tiklanish jarayonini boshlaganini va asosiy guruh mashgʻulotlariga kirishganini taʼkidladi.Uning soʻzlariga koʻra, har bir oʻyin uning uchun oldinga tashlangan yana bir qadam boʻladi. Germaniya terma jamoasi safida 44 ta oʻyin oʻtkazgan darvozabon oldin ham ogʻir tizza jarohatidan keyin Millatlar ligasida muvaffaqiyatli toʻp surganini va shubshalarni yoʻqqa chiqarganini esga oldi.
Tajriba va ishonch
Ayaks jamoasi vakili Jordi Cruyff ushbu transfer haqida gapirar ekan, nemis posbonining boy tajribasi va yuksak mahoratiga yuqori baho berdi. Uning taʼkidlashicha, klub ushbu kelishuv ustida uzoq vaqt ishlagan va tajribali darvozabon jamoaga zudlik bilan foyda keltira oladi.Ter Stegenning oʻzi esa Johan Cruyff Arena stadionida oʻynashni orziqib kutayotganini yashirmadi. Ajoyib muhitga ega stadionda toʻp surish uning uchun katta ahamiyatga ega ekanligini va u oʻzini yana ilgirgidek kuchli his qilayotganini qoʻshimcha qildi.






























Izohlar 0
…