12:31 / 01.06.2017
9 142

Polisiya mayori o‘zbekistonlik fuqarodan pora olayotganda qo‘lga tushdi

Polisiya mayori o‘zbekistonlik fuqarodan pora olayotganda qo‘lga tushdi
Dog‘iston tergov qo‘mitasi polisiya mayori Murod Magetov ustidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni fosh etdi, deb yozadi Qalampir.uz. Ma’lum bo‘lishicha, sobiq polisiya mayori o‘zbekistonlik fuqarodan 40 ming rubl pora berishni talab etgan.

Murod Magetov pora olish evaziga o‘zbekistonlik muhojirning shahardagi turli savdo-sotiq rastalarida bemalol ishlashini ta’minlashga va’da bergan. Murod Magetov agar so‘ralgan pul to‘lanmasa, muhojirga nisbatan ma’muriy va huquqiy jazo qo‘llashini ta’kidlagan.

Dog‘iston IIV tezkor jinoiy guruhi tomonidan shubha uyg‘otgan mayor shaxsiy xizmat xonasida o‘zbekistonlik fuqarodan pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushirilgan.

Ayni paytda poraxo‘r lavozimidan bo‘shatilgan va qonunchilikka binoan qilmishiga yarasha jazo oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polisiya mayori o‘zbekistonlik fuqarodan pora olayotganda qo‘lga tushdi