Xabi Alonso Joau Pedroni Erling Xoland darajasiga qoʻydi

Chelsi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Joau Pedro Angliya Premer-ligasining eng yorqin yulduzlari, jumladan Erling Xoland bilan bir qatorda turishini maʼlum qildi. Mutaxassisning fikricha, braziliyalik futbolchi nafaqat mamlakatdagi eng kuchli hujumchilar qatorida, balki oʻzining universal oʻyini bilan afsonaviy Karim Benzema bilan ham qiyoslanishga loyiq. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com xabar berishicha, Joau Pedro mavsum boshlanishini juda yuqori savolarda oʻtkazib, jamoasining dastlabki muvaffaqiyatlarida asosiy figura boʻlib turibdi. U oʻzining ilk uchta uchrashuvining oʻzidayoq 2 ta gol va shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi. Bunday ishonchli harakatlar futbolchining avvalgi mavsumlardagi ayrim kamchiliklarini yopib, unga jamoada yetakchi maqomini olib keldi.
Avgust oyining eng yaxshisi va uzoq muddatli rejalar
Ajoyib natijalar evaziga Joau Pedro juma kuni yakuniga koʻra avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Qiziigarlisi shundaki, u mazkur sovrin uchun kurashda oʻz jamoadoshi Koul Palmer kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi. Bu eʼtirof futbolchining nafaqat joriy shaklini, balki klub loyihasidagi muhim oʻrnini ham koʻrsatib beradi.Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchiga boʻlgan ishonchni amalda ham koʻrsatdi. Joau Pedro yaqinda Chelsi bilan 2034-yilgacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Xabi Alonsoning harakatlanish va yuqori darajadagi qaror qabul qilishni talab qiluvchi taktik tizimi braziliyalik hujumchining jismoniy imkoniyatlari hamda texnikasiga juda mos tushmoqda.
Erling Xoland va Karim Benzema bilan taqqoslashlar
Matbuot anjumanida Xabi Alonsodan Joau Pedro haqiqatan ham oʻtgan mavsum 27 ta gol urib, Oltin butsa qoʻlga kiritgan Erling Xoland bilan bir saviyada tura oladimi, deb soʻralgan. Murabbiy bu savolga ikkilanmasdan ijobiy javob berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Premer-ligadagi eng kuchli hujumchilar sanalsa, Joau Pedro ham, Erling Xoland ham albatta oʻsha roʻyxatdan joy oladi.Shu bilan birga, Xabi Alonso Erling Xolanddan farqli ravishda Joau Pedro koʻproq qirrali oʻyin namoyish etishini taʼkidladi. Murabbiy uni oʻzining sobiq jamoadoshi va Oltin toʻp sohibi Karim Benzemaning oʻyin uslubiga oʻxshatdi. Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida yarim himoyada, oʻn raqam ostida va qanotda ham harakat qilgani bois zamonaviy himoyachilar uchun uni qoʻriqlash oʻta qiyin vazifaga aylanmoqda.
«Koʻp jihatdan u menga Benzamani eslatadi, chunki u jarima maydoni ichida ham, tashqarisida ham birdek foydali, chap qanotga chiqishni ham, bosh bilan oʻynashni ham yaxshi biladi», — dedi Chelsi ustozi. Mutaxassis futbolchining yoshligini va hali rivojlanish uchun zaxirasi borligini qoʻshimcha qilgan holda, uning umumiy salohiyati juda yuqori ekanini eʼtirof etdi.






























Izohlar 0
…