Yaponiyada erkaklarga ishga shortikda kelishga ruxsat berildi

1 daqiqa o'qish161
Yaponiyada erkaklarga ishga shortikda kelishga ruxsat berildi

Yaponiyaning Tokio shahrida yozgi jazirama sabab ayrim ofislarda xodimlarning kiyinish qoidalari yengillashtirildi. Endilikda erkaklar an’anaviy kostyum o‘rniga futbolka, sport oyoq kiyimi va shortikda ishga kelishlari mumkin.

Mazkur tashabbus, avvalo, xodimlar uchun qulay sharoit yaratish hamda konditsionerlardan foydalanishni kamaytirib, elektr energiyasini tejash maqsadida joriy etilgan. Biroq yangi qoidalar hamma tomonidan ham birdek ma’qullanmadi.

Ayrim ayol xodimlar erkaklarga shortik kiyishga ruxsat berilgan bir paytda, ayollar uchun ayrim an’anaviy kiyinish talablari saqlanib qolayotganini adolatsizlik deb baholamoqda.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda erkaklarning ochiq oyoqlari va oyoq tuklari ham muhokama markaziga chiqdi. Ayrim foydalanuvchilar hazil aralash bu holatni “sunehara”, ya’ni “oyoq tuklari tegajog‘ligi” deb atay boshlagan.

Qizig‘i, shortik kiyib ishga borishni boshlagan ayrim erkaklar hamkasblariga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun oyoqlaridagi tuklarni oldirishga, hatto lazer epilyatsiyasidan foydalanishga murojaat qilayotgani aytilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?