Yaponiyada kitob o‘qiladigan noodatiy «rave» tadbiri o‘tkazildi (video)

1 daqiqa o'qish232
Yaponiyada kitob o‘qiladigan noodatiy «rave» tadbiri o‘tkazildi (video)

Yaponiyada odatiy tungi bazmlardan farq qiladigan JUCY BOOK RAVE nomli noodatiy tadbir o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar raqsga tushish o‘rniga kitob o‘qib, sokin va elektron musiqa tinglagan.

26 sentyabr kuni Tokioning Shimokitazava hududidagi SPREAD klubida tashkil etilgan tadbirda polga gilamlar to‘shalgan. Mehmonlar o‘zlari bilan olib kelgan kitoblarini o‘qib, xohlagan holatda — o‘tirib, yotib yoki devorga suyanib vaqt o‘tkazgan.

Tadbir davomida asosan kitob o‘qishga mos sokin va elektron musiqa yangragan. Tashkilotchilar ishtirokchilarga o‘z kitobini olib kelish imkonini bergan, shuningdek, tavsiya etilgan asarlarni xarid qilib, boshqa mehmonlar bilan bir xil kitobni o‘qish imkoniyati ham yaratilgan.

Tadbir tashkilotchilari JUCY BOOK RAVE orqali kitob o‘qish uchun yangi makon va muhit yaratishni maqsad qilgan. Shu sababli bu oddiy kitobxonlik uchrashuvidan ko‘ra, klub muhitida mutolaa qilish tajribasini sinab ko‘rishga qaratilgan eksperimental tadbir sifatida ta’riflangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?