15 yoshli qiz 20 kun davomida ichagida igna bilan yashadi

15 yoshli qiz 20 kun davomida ichagida igna bilan yashadi

Chechenistonda 15 yoshli qiz ro‘molini mahkamlayotganda tasodifan ignani yutib yuborgan. O‘tkir jism uning ichagida qariyb uch hafta saqlanib, 20 kundan keyin tabiiy ravishda organizmdan chiqqan. Bu haqda «Sapa Kavkaz» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea o‘smir ro‘molining uchidagi bezakni maxsus igna yordamida mahkamlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qiz darhol shifokorlarga murojaat qilgan. Oradan ikki kun o‘tib o‘tkazilgan tekshiruvda yot jism ichakda ekani aniqlangan.

Shifokorlar ignani endoskopik usulda olib tashlashni rejalashtirgan. Biroq u juda chuqur joylashgani sababli muolajani amalga oshirish imkoni bo‘lmagan. Natijada 20 kun o‘tib, igna tabiiy ravishda chiqib ketgan.

Bemorning qarindoshi, shifokor-nefrolog Tamila Sitsiyeva bu holatni juda kam uchraydigan va katta omad sifatida baholagan.

Mutaxassis ro‘mol o‘raydigan qizlarni ignani og‘izga yaqin tutmaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik ro‘molni o‘rash jarayonida ignani og‘ziga yaqin ushlashga odatlangan. Ammo ehtiyotsiz qilingan bitta harakatning o‘zi o‘tkir ignani yutib yuborishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday holat esa ichki a’zolarning shikastlanishi, jiddiy asoratlar va hatto jarrohlik amaliyoti zaruratiga olib kelishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar