Yunusobodda elektromobil yonib ketdi

Yunusobodda elektromobil yonib ketdi

28 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, soat 02:16 da Yunusobod tumani, G‘ayratiy ko‘chasi, 79-uy oldida elektromobil yonayotgani haqida FVVga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruv texnikasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 02:24 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Tunda yonib ketgan va tutun ichida qolgan avtomobilning orqa ko‘rinishi.Tunda tutun ichida qolgan va qattiq yongan avtomobilning orqa qismi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar