15 yoshli qiz yutib yuborgan igna bilan uch hafta yashadi

15 yoshli qiz yutib yuborgan igna bilan uch hafta yashadi

Chechenistonda 15 yoshli qiz tasodifan yutib yuborgan igna bilan qariyb uch hafta davomida yashagan.

Ma’lum qilinishicha, qiz ro‘molining uchidagi bezakni mahkamlash vaqtida ignani ehtiyotsizlik bilan yutib yuborgan. U darhol shifokorlarga murojaat qilgan va ikki kundan so‘ng o‘tkazilgan tekshiruvda yot jism ichakda ekani aniqlangan.

Shifokorlar ignani endoskopik usulda olib tashlashni rejalashtirgan, ammo u juda chuqur joylashgani sababli bu usul qo‘llanilmagan.

Oradan 20 kun o‘tib, igna organizmdan tabiiy ravishda chiqib ketgan. Mutaxassislar bu holatni kamdan-kam uchraydigan va katta omad bilan bog‘liq voqea sifatida baholagan.

Shifokorlar, ayniqsa, ro‘mol o‘rashda ignadan foydalanadigan qizlarni uni og‘izga yaqin tutmaslik va ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar