Istanbulda ikki tramvay to‘qnashdi

28 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahri Zaytinburnu tumanida ikki tramvay to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi xabar qilingan.
Anadolu Agency ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv T1 Kabatash–Bog‘chilar tramvay yo‘nalishining Pazartekke va Topqapi bekatlari oralig‘ida yuz bergan. Hodisa sababi hozircha aniqlanmagan.
Voqea haqida xabar tushgach, hududga politsiya, yong‘in-qutqaruv va tibbiy yordam xodimlari jalb etilgan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
To‘qnashuv sababli mazkur yo‘nalishda tramvaylar harakati vaqtincha cheklangan. Ayni paytda mutasaddilar hodisa joyida ish olib borib, to‘qnashuvning aniq sabablarini aniqlamoqda.
Tergov yakunlari va jabrlanganlarning holati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…