Olmaota viloyatida O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab o‘ldirildi

Dunyo1 daqiqa o'qish163
Olmaota viloyatida O‘zbekiston fuqarosi pichoqlab o‘ldirildi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati Talg‘ar tumanidagi Aqtas qishlog‘ida tandir non sotib ishlagan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi pichoqlanishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum so‘nggi besh yil davomida mahalliy tandirxonada ishlab, non sotgan. Voqea tandirxonada xaridorlardan biri bilan yuzaga kelgan janjal vaqtida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, og‘zaki tortishuv keyinchalik mushtlashuvga aylangan.

Janjal paytida 56 yoshli gumonlanuvchi pichoq olib, O‘zbekiston fuqarosining ko‘krak qismiga ikki marta zarba bergan. Erkak olgan og‘ir jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Olmaota viloyati politsiya departamenti tomonidan qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 56 yoshli gumonlanuvchi aniqlanib, qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash izolatoriga joylashtirilgan. Politsiya ma’lum qilishicha, u o‘z aybini tan olgan.

Marhumni mahalliy aholi yaxshi tanishgani aytilmoqda. Uning qishloq aholisi o‘rtasida yaxshi obro‘ga ega bo‘lgani, hatto juma kunlari nonni bepul tarqatgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

Ayni paytda tergov davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar janjalning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?