JCH 2026 vaqtida “sehrgar” nomi bilan internetda mashhur bo‘lgan ganalik muxlis firibgarlikda ayblanmoqda

JCH 2026 vaqtida “sehrgar” nomi bilan internetda mashhur bo‘lgan ganalik muxlis firibgarlikda ayblanmoqda

Gana terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashi va tribunada havoga oq kukun sochishi bilan internetda mashhur bo‘lgan Kailani Ibrahim Kpa, “Powder Man” laqabi bilan tanilgan muxlis, viza va sayohat firibgarligida gumonlanib hibsga olindi.

Gana Broadcasting Corporation xabariga ko‘ra, Kpa 24 avgust kuni Akkra shahrining East Legon hududida Gana politsiyasining tegishli bo‘linmasi tomonidan qo‘lga olingan.

U bir nechta kishilardan pul olib, ularga Kanada, AQSH va Nikaraguaga sayohatlarni tashkil qilib berishni va’da qilganlikda gumon qilinmoqda.

Sudda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 13 nafardan ortiq shaxsdan 30 ming dollardan ziyod mablag‘ olingani aytilgan. Ayrim mahalliy OAVlar jabrlanuvchilar bildirgan alohida da’volar asosida zarar miqdori 50 ming dollardan oshishi mumkinligini yozgan.

Biroq politsiya bu summani hozircha yakuniy rasmiy zarar miqdori sifatida tasdiqlamagan.

Kpa 26 avgust kuni Accra Circuit Court 9 sudida ko‘rinish berdi. Sud unga 400 ming Gana sedisi miqdorida garov puli belgilab, uchta kafillik sharti bilan ozod qilgan.

Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 28 sentabrga qoldirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar