Murodjon Azimov: «Bu mukofot Qashqadaryo xalqining ko‘ksiga taqildi» (video)

26 avgust kuni Toshkentdagi «Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ham «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Yuksak mukofotni qabul qilib olgan Murodjon Azimov so‘zga chiqib, ushbu e’tirofni nafaqat o‘zining, balki Qashqadaryo aholisining ham mehnatiga berilgan baho sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
«Hurmatli Prezident, bu berilgan yuksak mukofot faqat menga emas, Sizni jonidan ortiq yaxshi ko‘radigan Qashqadaryo xalqining ko‘ksiga taqib qo‘yilgan buyuk sharafdir!
O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman», — dedi Murodjon Azimov.
Marosimda bildirilgan ushbu fikrlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda.






























Izohlar 0
…