Kumush Zokirova tug‘ilgan kunini sirli sovg‘a bilan boshladi (video)

Aktrisa Kumush Zokirova bugun, 3 sentyabr kuni 25 yoshni qarshi olmoqda. U tug‘ilgan kuni munosabati bilan Instagram sahifasida video joylashtirib, muxlislariga kutilmagan sovg‘a haqida so‘zlab berdi.
Aktrisaning aytishicha, kechasi soat 00:00 da uning oldiga yetkazib berish xizmati orqali noma’lum sovg‘a kelgan. Kumush sovg‘a kimdan va nima ekanini bilmagan holda ko‘chaga chiqqan.
Shunda uni qizil atirgullardan tayyorlangan katta guldasta hamda qizil yurak shaklidagi sharlar kutib turganini ko‘rish mumkin. Sovg‘a ustida esa ingliz tilida “Welcome to my life, my wife” degan yozuv bitilgan.
Kumush Zokirova ushbu videoga “Tug‘ilgan kunim bilan”, deya izoh qoldirgan.
Aktrisaning muxlislari ham izohlarda uni tavallud kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirgan.
Biz ham Kumush Zokirovani 25 yoshga to‘lgani bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ijodiy parvozlar va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, Kumush Zokirova 2001 yil 3 sentyabrda tug‘ilgan. U shu kungacha qator kino va seriallar, shuningdek, kliplarda turli obrazlarni ijro etib kelgan.






























Izohlar 0
…