John Ternus Apple'dan yiliga $55 mlnlik aksiya oladi

John Ternus Apple'dan yiliga $55 mlnlik aksiya oladi

Apple kompaniyasining yangi bosh direktori John Ternus uchun yiliga $55 mln miqdorida aksiya granti ajratilishi direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Ushbu grant Apple aksiyalari ko‘rinishida beriladi. Uning yakuniy qiymati kompaniya aksiyalarining S&P 500 indeksiga kiruvchi boshqa kompaniyalar aksiyalariga nisbatan qanday natija ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi.

Ternus'ning asosiy yillik maoshi $3 mln etib belgilangan. Shuning uchun uning umumiy daromadining katta qismi aksiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Bunday tizimda bosh direktor kompaniyaning kichik ulushiga ega bo‘lsa ham, uning aksiyadoriga aylanadi. Apple aksiyalari qiymati o‘ssa, bu rahbarning o‘z manfaatiga ham xizmat qiladi. Kompaniya natijalari yomonlashsa, aksiyalar qiymatining pasayishi uning daromadiga ham ta’sir qiladi.

Yirik kompaniyalarda rahbarlarni aksiyador qilish amaliyoti keng tarqalgan. Bunda direktorning daromadi kompaniyaning uzoq muddatli natijalari bilan bog‘lanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar